Digital Nomad hujjatlari

Digital Nomad uchun qanday hujjatlar kerak?

Arizaning eng muhim qismlaridan biri — professional faoliyat, kompaniya, daromad va malakani tegishli hujjatlar bilan tasdiqlashdir.

Asosiy hujjatlar

Professional va shaxsiy hujjatlar

✓ Self-employed yoki ish faoliyati
✓ Kompaniya bilan shartnoma
✓ Kompaniya faoliyatini tasdiqlash
✓ Daromadni tasdiqlash
✓ Diplom yoki professional tajriba

Ish faoliyatini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar

Self-employed, freelancer yoki mustaqil professional uchun asosiy e’tibor faoliyat, shartnoma va daromadga qaratiladi.

00

Self-employed sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik

Arizachining rasmiy ravishda mustaqil professional yoki self-employed sifatida faoliyat yuritayotganini tasdiqlovchi hujjat.

Masalan: davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqida rasmiy ma’lumotnoma.
01

Xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Xorijdagi kompaniya bilan tuzilgan professional yoki tijorat shartnomasi.

Shartnomada xizmat turi, professional munosabat va ishni masofadan bajarish imkoniyati ko‘rsatilishi kerak.

Munosabat ariza topshirishdan oldin kamida 3 oy davom etgan bo‘lishi kerak.
02

Kompaniya haqida rasmiy hujjat

Xizmat ko‘rsatilayotgan xorijiy kompaniyaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi va faoliyat yuritayotganini tasdiqlovchi hujjat.

Kompaniya kamida 1 yildan beri real faoliyat yuritayotganini ko‘rsatish kerak.
03

Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar

Arizachining professional faoliyatidan real daromad olayotganini va Ispaniyada yashash uchun yetarli iqtisodiy imkoniyatga ega ekanini ko‘rsatadigan hujjatlar.

Masalan: bank ma’lumotlari, to‘lovlar, hisob-kitoblar yoki professional faoliyatdan kelgan daromadni ko‘rsatuvchi hujjatlar.
04

Diplom yoki 3 yillik professional tajriba

Professional malaka tegishli diplom orqali yoki kamida 3 yillik professional tajriba bilan tasdiqlanishi mumkin.

Masalan: System Administrator uchun IT diplomi yoki IT/sistemalar sohasidagi professional tajriba.
!

Hujjatlar har bir holatda bir xil emas

Xodim, self-employed, freelancer yoki boshqa professional profil uchun kerakli hujjatlar farq qilishi mumkin. Yakuniy ro‘yxat arizachining real vaziyatiga qarab aniqlanadi.

Professional hujjatlardan tashqari

Rezidentlik arizasida shaxsiy va umumiy hujjatlar ham tayyorlanadi.

ID

Pasport

Amaldagi pasport va kerakli pasport sahifalari.

✓

Sudlanmaganlik

Zarur hollarda sudlanmaganlik haqida rasmiy ma’lumotnoma.

€

Moliyaviy hujjatlar

Ispaniyada yashash uchun yetarli iqtisodiy imkoniyatni tasdiqlash.

+

Tibbiy ta’minot

Arizachining holatiga qarab tibbiy sug‘urta yoki tegishli tibbiy ta’minot hujjatlari.

Hujjatlar qanday tayyorlanadi?

Muhimi — hujjatlarni shunchaki yig‘ish emas, balki ularning bir-biriga mos, aniq va tushunarli bo‘lishidir.

01

Profilni aniqlash

Xodim, self-employed yoki freelancer ekanligini aniqlash.

02

Hujjatlarni yig‘ish

Professional va shaxsiy hujjatlarni to‘plash.

03

Tekshirish

Shartnoma, kompaniya, daromad va malaka ma’lumotlarini tekshirish.

04

Arizaga tayyorlash

Hujjatlarni ariza topshirishga tayyor holga keltirish.

Hujjatlardan keyin nima?

Talablar

Har bir hujjat qaysi talabni tasdiqlashini tushunib oling.

Talablarni ko‘rish →

Jarayon

Hujjatlar tayyor bo‘lgach rezidentlik jarayoni qanday davom etishini ko‘ring.

Jarayonni ko‘rish →

Kimlar uchun?

Xodim, self-employed va freelancer o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqing.

Batafsil →

Qaysi hujjatlar sizga kerak?

Ishingiz, kompaniyangiz va professional holatingiz haqida qisqacha ma’lumot bering. Sizning holatingiz uchun kerakli hujjatlarni aniqlashga yordam beramiz.

Biz bilan bog‘lanish